Yaqin-yaqingacha elektr avtomobili deganda fantastik filmlardagi mashinalarni tasavvur qilardik. Bugungi kunda elektromobillardan foydalanish urfga kirib bo‘ldi.

Xabarlarga ko‘ra, 2017-yilda elektr dvigatelli avtomobillar savdosi 2016-yilga nisbatan 57 foizga oshib, 1,2 million donani tashkil etgan.

Elektrokarlar savdosi bo‘yicha Xitoy yetakchilik qilmoqda. Ushbu mamlakatda o‘tgan yili elektromobillar savdosi 72 foiz o‘sib, 602 ming donaga yetgan. 2017-yilda Yevropa Ittifoqida 307 mingta, AQShda 200 mingga yaqin elektrokar sotilgan. Tahlilchilarning fikricha, o‘sish sur’ati shunday saqlanib qolsa, 2018-yilda 1,9 millionga yaqin elektromobil va plagin-gibridlar sotiladi. 2030 yilga borib dunyoda sotiladigan avtomobillarning 30 foizini elektromobillar tashkil qiladi. 

Elektromobillarga qiziqish neft inqirozi kuzatila boshlangan o‘tgan asrning 70 yillarida paydo bo‘lgan. Ommaviy tarzda 90-yillarda ishlab chiqarila boshlandi. Elektromobillarni ishlab chiqarishga jahondagi barcha yirik kompaniyalar kirishib ketdi. Yaqin kelajakda elektromobillar sonining ortishi oqibatida benzin va dizel yonilg‘ilarga talab keskin kamayib ketishi taxmin qilinmoqda.

To‘g‘ri, hozircha bunday mashinalar oddiy avtomobillar darajasiga yetib olgani yo‘q. Chunki ularning tezligi yuыori emas. Ammo jahon avtomobil sanoatida elektromobillarga talab ortib bormoqda. Ayni damda bu sohada AQSh va Xitoy oldingi o‘rinlarda.

2015-yil bu borada keskin o‘zgarishlar davri bo‘lgani aytilmoqda. Tahlilchilarning fikricha, 2015-yilda jahon bozorida 600 mingta elektromobil sotilgan. Shundan 180 mingtasi AQSh hissasiga to‘g‘ri kelgan edi. 2015-yil fevral oyida Xitoy fan va texnologiyalar vaziri “osmon osti mamlakati” elektromobillar savdosi bo‘yicha jahonda birinchi o‘ringa chiqib olganini ma’lum qilgan edi.

Germaniyalik avtoekspert, professor Shtefan Bratselning so‘zlariga qaraganda, ishlab chiqaruvchilar tomonidan taklif ko‘paygani Xitoyda elektromobillar ko‘p sotilishiga sabab bo‘lgan. Shu bilan birga, atmosfera havosining ifloslanishi bois Xitoyning yirik shaharlarida ichki yonuv dvigatelli avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish ancha murakkablashmoqda. Bu, o‘z navbatida, elektromobillarga bo‘lgan talab oshishiga sabab bo‘lmoqda.

Elektromobillarning ommalashishida quvvatlantiruvchi shoxobchalarning ham o‘rni katta. Bu kabi shoxobchalar yetishmas ekan, elektromobillarga talab ham ko‘paymaydi. Elektromobilga ega shaxslar uchun eng qulay mamlakat AQSh ekani tan olinadi. Bu mamlakatning g‘arbiy sohillaridagi San-Diyego, San-Fransisko va Portlend shaharlarining har birida benzindan voz kechib, elektromobillar xarid qilganlar uchun yuzdan ortiq “quvvatlantiruvchi” stansiyalar faoliyat yuritadi.

Shanxayda yana ikki yildan so‘ng elektromobillarni quvvatlantiruvchi shoxobchalar 210 mingdan oshib ketishi kutilmoqda. Rejaga ko‘ra, har yettita elektromobilga kamida bitta quvvatlantiruvchi shoxobcha to‘g‘ri kelishi kerak.

Hozircha “ko‘hna qit’a” bu sohada “okean orti” va “osmon osti mamlakati”dan ortda. Ammo Buyuk Britaniya, Fransiya va Norvegiyada so‘nggi bir yilda elektromobillar xaridi oshgan. Yevropadagi eng yirik avtobozor bo‘lmish Germaniya oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Yaqin-yaqingacha gazning benzindan afzalligi haqida ko‘p gapirilar edi. Endi matbuotda elektr dvigatelli avtomobillar haqida ko‘p yozilmoqda. Shuni aytish kerakki, elektromobillar avtomobillardan avval paydo bo‘lgan. Elektromobil haqida ilk bor 1841 yilda gapirila boshlangan. Biroq o‘sha yillari transportning bu turi bir qator muammolar bilan to‘qnash keldi.

Ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan elektromobillar bir qator afzaliklarga ega. Masalan, oddiy avtomobillarga nisbatan xarajati oz. Elektromobil atmosferaga zaharli gazlarni deyarli chiqarmaydi. Agar yo‘l transport hodisasi yuz bergudek bo‘lsa, yong‘in chiqish ehtimoli ham juda kam.

Shu bois transportning bu turi “yashil avtomobil” deb ham atalmoqda. Yildan-yilga yo‘llarda harakatlanayotgan elektromobillar soni ortib bormoqda. Bir so‘z bilan aytganda, bunday mashinalar kelajak transportiga aylanib bormoqda. Elektromobillarni rivojlantirish maqsadida yangidan yangi innovatsiyalar hayotga joriy etilmoqda. Ayni damda bir qator mamlakatlarda elektromobillarni xarid qiluvchilarni rag‘batlantirish maqsadida maxsus dasturlar tatbiq etilmoqda.

Sharofiddin To‘laganov, sharhlovchi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektromobillar qaysi mamlakatda eng ko‘p sotilmoqda?