O‘zA O`zbek

10.10.2019 Chop etish versiyasi

Ekvadorda ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

Ekvadorda ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

Ekvadordagi hukumatga qarshi norozilik namoyishlarda 450 ga yaqin kishi jarohatlandi. Ularning 86 nafarini politsiya xodimlari tashkil etgan.

“TASS“ xabarida qayd etilishicha mamlakat Ichki ishlar vaziri Mariya Paula Romo ta’kidicha, norozilik namoyishining boshlanganidan shu davriga qadar 360 nafar aholiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Jarohatlanishlar asosan namoyishchilar va huquq tartibot organlari xodimlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oqibatida kelib chiqqan. To‘qnashuvlarda halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Hibsga olingan namoyishchilar soni 714 taga yetgan.

Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi kunlarda Ekvadorda avj olgan norozilik namoyishlari hukumat subsidiyalarni bekor qilinishi va yoqilg‘i narxining keskin ko‘tarilishiga qarshi bo‘lib o‘tmoqda.

348
O‘zA