O‘zA O`zbek

14.10.2019 Chop etish versiyasi

Ekvador: namoyishlarda halok bo‘lganlar soni 7 taga yetdi

Ekvador: namoyishlarda halok bo‘lganlar soni 7 taga yetdi

“Ekvadordagi namoyishlar chog‘ida halok bo‘lganlar soni yettitagacha ko‘paydi, 1340 nafar kishi jarohatlangan”, deyiladi mamlakatdagi inson huquqlari bo‘yicha ombudsman xizmati ma’lumotida. Avvalroq besh kishi halok bo‘lgani aytilgandi. 

Ma’lumot uchun, Ekvadordagi yoqilg‘iga davlat tariflarining bekor qilinishi talabida bo‘layotgan norozilik namoyishlari 3 oktabrdan buyon davom etmoqda. 

Ekvador Prezidenti Lenin Moreno mamlakatda favqulodda holat e’lon qilib, o‘z shtab-kvartirasini poytaxtdan Guayakil shahriga ko‘chirgan.

1 131
O‘zA