O‘zA O`zbek

14.04.2019 11:15 Chop etish versiyasi

Dunyodagi eng yirik samolyotning birinchi parvozi tafsilotlari eʼlon qilindi

Dunyodagi eng yirik samolyotning birinchi parvozi tafsilotlari eʼlon qilindi

Dunyoning eng yirik layneri Stratolaunch Systems ilk parvozi vaqtida qayd etilgan maksimal tezlik soatiga 304 kilometrga yetdi va besh kilometrdan ortiq balandlikka koʻtarildi. Bu haqida kompaniya press-relizida maʼlum qilindi, deb xabar bermoqda RIA Novosti..

Umuman, parvoz ikki yarim soat davom etgan. Sinovlar paytida samolyotni uchish imkoniyatlari, uning boshqaruv sifati va turli nazorat tizimlarini faoliyati tekshirildi.Eng katta samolyot qanotlari 117 metr va oltita Boeing 747 dvigateli bilan jihozlangan.

Avvalroq, parvoz videolari internetda paydo boʻlgandi.

Stratolaunch Systems - AQSHning aerokosmik kompaniyasi boʻlib, kosmosga yuk yetkazib berish uchun aviatsiya-kosmik tizimlarni ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan.

OʻzA
818