O‘zA O`zbek

02.05.2018 17:23 Chop etish versiyasi

Dunyoda qariyb bir milliard aholi elektr energiyasidan mahrum

Dunyoda qariyb bir milliard aholi elektr energiyasidan mahrum
Butunjahon banki (BB) bugun dunyoda qancha aholi elektr energiyasiz yashayotganini ma’lum qildi. Bu haqda TASS xabar beradi.

BB hisobotiga ko‘ra, dunyoda qariyb bir milliard aholi (Yer yuzidagi jami aholining 13 foizi) hali hanuz elektr energiyasidan mahrum. Ularning 87 foizi qishloq joylarida yashamoqda. Afrika, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlarida elektr energiyasi taqchilligi darajasi yuqori bo‘lib qolmoqda.

Shunga qaramay, BB ekspertlari kelgusida elektr energiyasi taqchilligi bartaraf etilishiga umid bildirgan. Bunga sabab 2010-yildan boshlab Yer yuzi aholisining elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik darajasi yuqorilay boshlaganidir. BB ehtimoliga ko‘ra, o‘sish sur’ati shunday davom etsa, 2030-yilga borib 674 million aholigina elektr energiyasiz yashayotgan bo‘ladi.

Hisobotning yana bir xulosasiga ko‘ra, aholisining elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirayotgan davlatlar orasida Hindiston birinchi bo‘lib turibdi. Elektr energiyasidan foydalanayotganlar safiga har yili 30 million hindistonlik kelib qo‘shilmoqda.

Yana bir ma’lumot: dunyoda bir necha o‘n million aholi quyosh batareyalaridan foydalanadi. Faqat bu insonlar muqobil energiya sohasida tajribasi bor davlatlarda yashaydi.

Malohat Husanova, O‘zA
3 878