O‘zA O`zbek

22.06.2020 Chop etish versiyasi

Dunyo boʻyicha koronavirusga chalingan kishilar soni maʼlum qilindi

Dunyo boʻyicha koronavirusga chalingan kishilar soni maʼlum qilindi

Oxirgi sutkada dunyo boʻyicha 183 ming kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirgan, jami kasallanganlar hozirgacha 8,7 million kishidan oshdi, deb xabar beradi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST).

Tashkilotning oxirgi eʼlon qilgan maʼlumotida aytilishicha, oʻtgan kuni dunyoda 4 ming 743 ta oʻlim holati qayd etildi. Koronavirus tarqalgandan buyon dunyo boʻyicha vafot etganlar soni 461 ming 715 kishini tashkil etmoqda.

Infeksiya eng koʻp Shimoliy va Janubiy Amerikada tarqalgan. Dunyo boʻyicha jami kasallanganlarning 4,2 milliontasi ushbu mintaqaga toʻgʻri keladi. Undan keyin 2,5 million kishi bilan Yevropa bormoqda.

1 731
OʻzA