O‘zA O`zbek

04.10.2018 Chop etish versiyasi

Donbassning maxsus maqomi 2019 yilning dekabrigacha uzaytiriladi

Donbassning maxsus maqomi 2019 yilning dekabrigacha uzaytiriladi Ukraina parlamenti, Oliy Rada, 2019 yil 31 dekabrga qadar Donbassning maxsus maqomini oshirish uchun prezidentlik qonun loyihasini maʼqulladi, deya xabar beradi TACC axborot agentligi.

3 oktyabr kuni Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenko parlament majlisida Donbass avtonom respublikasi maqomini uzaytirish haqidagi qonunga imzo chekkan.

Hujjatda qayd etilishicha, ushbu qonun Donetsk va Lugansk viloyatlarining ayrim hududlarida tinchlik oʻrnatish va shu bilan Ukraina suverenitetini va hududiy yaxlitligini taʼminlash uchun zarur sharoitlarni yaratishga yordam beradi.

Maʼlumot uchun: Ukraina Donetsk va Lugansk viloyatlarining ayrim joylariga 2014 yil oktyabr oyida uch yillik muddatga maxsus maqom beradigan qonunni qabul qilgan edi. Hujjat sharqiy Ukrainadagi mojaroni siyosiy hal etish uchun juda muhim hisoblanadi.

Shuningdek, 2017 yil 6 oktyabrda Ukraina parlamenti Oliy Rada Donetsk va Lugansk viloyatlarining ayrim tumanlarida vaziyatni tinch yoʻl bilan hal qilishga oid qonunni qabul qildi. Bu qonun Donbassning maxsus maqomini yana bir yilga uzaytirgan edi.

2 026
OʻzA