O‘zA O`zbek

08.10.2019 Chop etish versiyasi

Donald Trampning soliq deklaratsiyasi sud orqali talab qilinadi

Donald Trampning soliq deklaratsiyasi sud orqali talab qilinadi

“Ria Novosti“ ning sud qaroriga asoslanib bergan xabariga ko‘ra, Nyu-York federal sudi prokurorlarga Prezident Donald Tramp va uning kompaniyasiga tegishli sakkiz yillik soliq deklaratsiyalarini talab qilishiga ruxsat bergan.

Trampning advokatlari sudning qaroriga appelyatsiya berishi kutilmoqda. 

Avvalroq prokurorlar soliq firmasidan Prezidentning deklaratsiyalarini talab qilgan, bu talab sud tomonidan rad qilingan edi.

375
O‘zA