O‘zA O`zbek

23.06.2020 Chop etish versiyasi

Donald Tramp Venesuela prezidenti bilan nima maqsadda uchrashishini Twitterdagi sahifasida maʼlum qildi

Donald Tramp Venesuela prezidenti bilan nima maqsadda uchrashishini Twitterdagi sahifasida maʼlum qildi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro bilan faqat bir masalani muhokama qilish uchungina uchrashishi mumkinligi haqida bayonot berdi. 

“Ayrimlardan farqli oʻlaroq hamisha sotsializmga qarshi va albatta Venesuela xalqi tomonida boʻlganman. Mening maʼmuriyatim erkinlikni yoqlaydi. Maduro bilan birgina masala – uning hokimiyatdan tinch yoʻl bilan ketishini muhokama qilish uchun uchrashishim mumkin”, deb yozadi Tramp Twitterdagi rasmiy sahifasida.

1 959
OʻzA