O‘zA O`zbek

25.09.2020 Chop etish versiyasi

Donald Tramp saylovodi debatlarda koʻngilsizliklar boʻlishidan xavotirda

Donald Tramp saylovodi debatlarda koʻngilsizliklar boʻlishidan xavotirda

AQSH Prezidenti Donald Tramp prezidentlikka nomzodlarning birinchi raundidagi debatlarning moderatori Kris Uollesning oʻziga nisbatan adolatsiz yondashuvi ehtimoli tufayli debatlardan koʻngilsizliklar kutayotganini eʼtirof etdi.

“Oʻylashimcha, Kris Baydenga keskin savollarni bermaydi, bunday savollar menga beriladi. Bu esa adolatsizlik. Shunday boʻlishiga shubha qilmayman”, dedi Tramp “Fox News”ga bergan intervyusida.

Maʼlumot uchun, Tramp va Baydenning dastlabki debatlari 29-sentyabrda boʻladi.

“Nomzodlar belgilab qoʻyilgan va har biriga 15 daqiqadan vaqt ajratiluvchi oltita mavzu boʻyicha munozaraga kirishadi”, deyiladi “RIA Novosti” xabarida.

1 695
O'zA