O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

07.09.2018 14:54 Chop etish versiyasi

Donald Tramp: “Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot hayotimdagi eng yaxshi uchrashuvlardan boʻlgandi”

Donald Tramp: “Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot hayotimdagi eng yaxshi uchrashuvlardan boʻlgandi”
AQSH rahbari Donald Tramp Rossiya Federatsiyasi yetakchisi Vladimir Putin bilan Xelsinkida boʻlib oʻtgan uchrashuvni muloqotlar ichidagi eng mazmunlilaridan biri, deb atadi. Mamlakat rahbari bu haqda Montana shtatida oʻz tarafdorlari oldida qilgan chiqishi chogʻida maʼlum qildi, deya xabar bermoqda TASS.

“Vladimir Putin bilan uchrashuv davomida Ukraina, Suriya davlatlari haqida, Isroilning xavfsizlik masalasi, shuningdek, tashqi siyosatning koʻplab muhim jihatlari borasida fikr almashdik”, – deya qayd etgan Oq uy rahbari.

Maʼlumot oʻrnida, AQSH bilan Rossiya Prezidentlari oʻrtasidagi uchrashuv joriy yilning 16 avgustida Xelsinkida boʻlib oʻtgandi.

Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA