O‘zA O`zbek

13.09.2019 Chop etish versiyasi

Donald Tramp Mayk Pompeoni milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchi qilishni ko‘rib chiqmoqda

Donald Tramp Mayk Pompeoni milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchi qilishni ko‘rib chiqmoqda

AQSh Prezidenti Donald Tramp Davlat kotibi Mayk Pompeoni Jon Boltonning o‘rniga o‘ziga milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchi qilishni ko‘rib chiqmoqda. Bu holda Pompeo bir vaqtning o‘zida ikki lavozimda ishlashi nazarda tutiladi.

CNN manbasiga ko‘ra, Tramp hozirda bu imkonni ma’muriyat xodimlari bilan muhokama qilmoqda. Hozircha, mazkur muhokama nechog‘lik jiddiy ekaniga oid ma’lumot yo‘q.

Ma’lumot uchun, bundan 50 yil oldin Genri Kissinjer bir vaqtning o‘zida bu ikki lavozimda faoliyat yuritgan. 

492
O‘zA