O‘zA O`zbek

09.09.2019 Chop etish versiyasi

Dmitriy Peskov: “Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi ayrim masalalarga hali ham yechim topilmagan”

Dmitriy Peskov: “Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi ayrim masalalarga hali ham yechim topilmagan”

“Moskva Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi bir qator muhim masalalarga hozircha yechim topilmaganiga taassuf bildirib, ayni paytda ikki davlat munosabatlarida ijobiy rivojlanish kuzatilayotganini e’tirof etadi”, dedi “Rossiya” telekanali efirida davlat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

“Interfaks” uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan. Avvalroq, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe tinchlik shartnomasi va ikki davlat munosabatlaridagi beqiyos imkoniyatlar haqida fikr bildirgandi.

393
O‘zA