O‘zA O`zbek

05.08.2019 Chop etish versiyasi

Dmitriy Medvedev shu oyda Turkmanistonga tashrif buyuradi

Dmitriy Medvedev shu oyda Turkmanistonga tashrif buyuradi

Medvedev birinchi Kaspiy iqtisodiy forumida ishtirok etish uchun 11-12-avgust kunlari Turkmanistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Rossiya hukumati matbuot xizmati xabar berdi. Tashrif doirasida uning Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashuvi va ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Dmitriy Medvedevning Qirgʻizistonga ham tashrif buyurishi kutilmoqda. Bosh vazir Muhammedkalыy Abilgaziyev Rossiyaning Qirgʻizistondagi elchisi Nikolay Udovichenkoni qabul qildi. Hukumat matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, Vazirlar Mahkamasi raisi Qirgʻiziston bundan keyin ham Qirgʻiziston-Rossiya hamkorligining rivojlanishiga katta eʼtibor qaratishini taʼkidladi. “Yaqin orada Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedevning Yevroosiyo hukumatlararo Kengashi majlisida ishtirok etish maqsadida Choʻlpon otaga kelishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan shuni alohida taʼkidlamoqchimanki Qirgʻiziston-Rossiya hamkorligining dinamikasi juda ham yuqori darajada turibdi va biz uni yanada takomillashtirish uchun hamma narsani qilmoqdamiz”, – deya matbuot xizmati bosh vazirning soʻzlaridan iqtibos keltiradi.

Bundan tashqari, taʼkidlanishicha, bosh vazir davlat rahbarlari tomonidan 2020-yilda Qirgʻiziston Respublikasida Rossiya Federatsiyasi yili va Rossiya Federatsiyasida Qirgʻiziston yili deya eʼlon qilinishi borasida erishilgan Shartnomani amalga oshirish doirasida qirgʻiz tomonidan tashkiliy qoʻmita tashkil etilganini maʼlum qildi. Ayni damda qoʻshma tadbirlar oʻtkazish rejasi ustida ish olib borilmoqda.

483
OʻzA