O‘zA O`zbek

23.07.2018 13:55 Chop etish versiyasi

Denis Ten tasodifiy qotillik qurboni(mi?)

Denis Ten tasodifiy qotillik qurboni(mi?)
Markaziy Osyoda yagona, Qit’ada birinchi, dunyoda uchinchi o‘rinda turuvchi yosh sportchi Denis Ten vafot etdi. 

Shu yilning 19-iyul kuni ko‘cha bezorilari tomonidan pichoqlangan qozog‘istonlik yosh figurali uchuvchi og‘ir jarohatlangan edi.

Og‘ir tan jarohatlari tufayli vafot etgan Denis Tenning 21-iyul kuni Ostona ko‘chalari bo‘ylab vidolashuv marosimi o‘tkazildi. Unda hukumat rahbarlari, minglab fuqarolar, xorijlik sport ustalari qatnashdi.

4e4cb602-8ea7-4927-b9d1-796558cab3d3.jpg

Kazinform ma’lum qilishicha, dastlab uyushtirilgan jinoiy ish deb taxmin qilingan ushbu holat boshqacha bo‘lib chiqdi. Tasodif tufayli ko‘chada ikki nafar bezori Denis Tenning mashinasining oynalarini yechayotgan mahal sportchi ularga qarshilik ko‘rsatgan va ular sportchini pichoqlagan.

Dilobar Mamatova, O‘zA
12 093