O‘zA O`zbek

05.11.2019 Chop etish versiyasi

Dehli havosi insonlar salomatligiga xavf tug‘dirmoqda

Dehli havosi insonlar salomatligiga xavf tug‘dirmoqda

Hindistonning Dehli Milliy poytaxt okrugidagi havoning ifloslanish darajasi Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan belgilangan inson salomatligiga xavf ko‘rsatkichi me’yoridan bir necha o‘n baravariga oshib ketdi. 

Noyabr oyida shahar atrofidagi tumanlarning hosildan bo‘shagan yerlaridagi ekin qoldiqlari yoqilishi sababli Dehlida shusiz ham musaffo bo‘lmagan havo yanada ifloslanadi. 

“India Today” jurnalida qayd etilishicha, havoda zaharli qurum zarralari ko‘pligidan shaharda maktablar yopilgan, Indira Gandi nomli xalqaro aeroportda 40 dan ortiq parvozlar bekor qilingan, qurilish ishlari to‘xtatilgan. 

Hafta boshidanoq poytaxtda shaxsiy avtomobillar harakatiga cheklovlar joriy qilingan. 

340
O‘zA