O‘zA O`zbek

02.02.2019 Chop etish versiyasi

“Debatlarda 18 dan 25 yoshgacha boʻlgan yoshlar faolligi sezilmayapti”

“Debatlarda 18 dan 25 yoshgacha boʻlgan yoshlar faolligi sezilmayapti”

Fransiya bosh vaziri Eduard Filipp Parij yaqinidagi Jyuvizi-syur-Orj kommunasi yoshlarini umummilliy debatlarda ishtirok etishga chaqirib, “yoshlar debatlarda oʻz fikrini aytmasligi katta muammo boʻladi”, deb taʼkidladi. 

“Le Figaro” nashri vazirning “Debatlarda 18 dan 25 yoshgacha boʻlgan yoshlar faolligi sezilmayapti”, degan soʻzlarini iqtibos qilgan. 

Eslatib oʻtamiz, mamlakatdagi Odoxa tadqiqot instituti soʻroviga koʻra, Fransiyaning 64 foiz aholisi umummilliy debatlarning foydali boʻlishiga ishonmaydi.

1 011
OʻzA