Siyosatchi, jamoat arbobi Azimbek Beknazarov davlat tili ahvolini yaxshilash zarurligini aytib parlament, hukumat va Prezidentga murojaat yoʻlladi.

Jumladan, uning bayonot berishicha, 2000 yilda Konstitutsiyaga rasmiy til toʻgʻrisidagi normalar kiritilgandan soʻng qirgʻiz tilining ahvoli yomonlashib ketgan. Murojaatda misol sifatida reklamalar keltirilgan, mualliflarning fikricha, reklamalar asosan rus, ingliz, arab, koreys va xitoy tillarida ekan.

Azimbek Beknazarov ham imzo chekkan murojaat mualliflarning fikricha, davlat xizmatlariga ishga olayotganda xodimlarning davlat tilini bilishi asosiy shart boʻlishi, davlat tili boʻyicha komissiya bilan hamkorlikda reklama matnlarini tartibga solish kerak ekan. Bundan tashqari, murojaatda qirgʻiz tilini bilmaydigan amaldorlar uchun hozircha 5,5 ming som (80 dollarga yaqin) jarima solish taklifi berilgan.

Bundan avval jamoat, siyosiy va vatanparvar kuchlar qurultoyi ijroiya qoʻmitasi tomonidan konstitutsiyaviy islohotlar oʻtkazish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi tayyorlangani, unga koʻra 2019 yilning noyabrida referendum oʻtkazilishi taklif qilingni haqida maʼlum qilingan edi. Referendumga Konstitutsiyadan rus tili Qirgʻiziston Respublikasida rasmiy til ekani borasidagi normalar olib tashlanishi ham kiritiladi. Mazkur jamoat, siyosiy va vatanparvar kuchlarning vakili Azimbek Beknazarov rus tilini rasmiy maqomdan mahrum qilish lozimligini ilgari surar ekan, rus tili xuddi ingliz tili singari xalqaro til boʻlishi lozimligini aytgan edi.

Konstitutsiyaga koʻra, Qirgʻizistonda rus tiliga rasmiy maqom berilgan. Hujjatlar va shaharlarda xizmatlar qisman rus tilida olib borilishi jamiyatning maʼlum tabaqalarida noroziliklarni keltirib chiqarmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat tilini bilmagan amaldorlar jazolanishi taklif qilinmoqda