O‘zA O`zbek

03.10.2018 Chop etish versiyasi

Daniya hukumati benzin va dizelda harakatlanuvchi avtomobillar sotuvini taqiqlash toʻgʻrisidagi qonunni parlament muhokamasiga taqdim etadi

Daniya hukumati benzin va dizelda harakatlanuvchi avtomobillar sotuvini taqiqlash toʻgʻrisidagi qonunni parlament muhokamasiga taqdim etadi

Daniya hukumati 2030 yildan boshlab mamlakatda benzin va dizelda harakatlanuvchi avtomobillar sotuvini taqiqlash toʻgʻrisidagi qonunni parlament muhokamasiga taqdim etadi. Bu haqda mamlakat energetika va iqlim masalalari vazirligi vakili maʼlumot berdi, deyiladi Reuters agentligi xabarida.

Qonun maʼqullansa, Daniya 2040 yildan keyin bunday avtomobillar sotuvi taqiqlanuvchi va elektromobillarga oʻtuvchi Buyuk Britaniya va Fransiya qatoriga qoʻshiladi. Maʼlumot uchun, 2019 yil aprelidan boshlab London markazida harakatlangan dizelli avtomobil egasi har bir kun uchun 24 funt sterling jarima toʻlaydigan boʻladi.

2 116
OʻzA