O‘zA O`zbek

29.03.2020 Chop etish versiyasi

“COVID-19”ga qarshi vaksinatsiya haqida Roshal qanday fikrda?

“COVID-19”ga qarshi vaksinatsiya haqida Roshal qanday fikrda?

Jahonning eng taniqli shifokorlaridan biri, “Milliy tibbiyot palatasi” tibbiyot jamoatchiligi ittifoqi prezidenti, rossiyalik Leonid Roshalning fikricha, yangi turdagi koronavirus vaksinatsiyasining taʼsir kuchi eng kamida bir yildan keyin namoyon boʻlishi mumkin ekan.

RIA Novosti mutaxassisning quyidagi soʻzlarini iqtibos sifatida keltirgan: “Vaksinatsiyaning haqiqiy natijasini ushbu vaksina kashf etilgandan soʻng bir-ikki yil oʻtmasdan koʻra olmaymiz. Binobarin, shu davr ichida biz mamlakat hayotini toʻxtatib ham tura olmaymiz. Demak, oʻtkir tigʻ ustidan xotirjamlik bilan yurib oʻtishimiz lozim”.

Mashhur tibbiyot arbobining soʻzlariga qaraganda, bugungi kunda mazkur infeksiya yoʻlini toʻsuvchi, tarqalishning oldini oluvchi aniq bir dori vositasi mavjud emas.

“Kasallik hujumkorlik xislatini asta-sekin oʻzi yoʻqotib boradi. Vaziyatni yumshatishga esa bemorlarda immunitet kuchayishi, hatto kasallikning yengil shaklida ham, shuningdek vaksina qabul qilish va aholini vaksinatsiyadan oʻtkazish orqali erishish mumkin”, – deya fikrini davom ettirgan Leonid Roshal.

827
OʻzA