Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.12.2017 16:18 Chop etish versiyasi

Chilining yangi prezidenti nimalarni va’da bermoqda

Chilida prezidentlik saylovlarida Sebastyan Pinera g‘alaba qozondi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Pinera 54,6 foizi ovoz to‘plagan bo‘lsa, Senator Alexandro Guilliyerga saylovchilarning 45,4 foizi ovoz berdi.

“Bugun barcha chililiklarning ovozlarini eshityapman”, – dedi Pinera o‘z tarafdorlari oldida chiqish qilar ekan. “Biz bu g‘alabani kamtarlik bilan umid sifatida qabul qilamiz”.

Birinchi tur yakunlari bo‘yicha 68 yoshli Pinera 36,6 foiz bilan g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, 22,7 foiz natija qayd etgan so‘l tomon – Alexandro Guilliyerda mag‘lub bo‘lgan maslakdoshlarining ovozlarini qozonish orqali g‘olib bo‘lish imkoniyati bor edi.

Konservativ siyosatchi – Pinera mamlakatda iqtisodiy o‘sish sur’atiga erishish uchun biznesga solinadigan soliqlarni kamaytirish taklifi bilan chiqmoqda. Siyosatchi mamlakatda ifrastrukturani rivojlantirishni o‘zi ichiga oladigan to‘rt yillik xarajatlar rejasini amalga oshirishni maqsad qilgan.

O‘zA
1 981