Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.01.2018 11:34 Chop etish versiyasi

Chexov aslida nimadan vafot etgan?

Chexov aslida nimadan vafot etgan?
Britaniyalik olimlar buyuk yozuvchi Anton Chexov vafotining asl sababini aniqladi. Bu haqda "Lenta.ru" xabar qildi.

Yozuvchi 1904-yilning 15-iyulida Germaniyaning Badenvayler kurort shaharchasida vafot etgani tarixdan ma’lum. Avvallari uning o‘limiga sabab yurak xuruji, deb hisoblangan. Ayrimlar esa tuberkulez(sil) kasalligi bilan ham bog‘liq ekanini ta’kidlashgan.

Aslidachi?

Britaniyalik olimlar yozuvchi ko‘ylagini kimyoviy tahlil qilish natijasida uning vafoti asl sababini aniqlashdi. Ularning xulosasiga ko‘ra Anton Chexov miyaga qon quyilishi tufayli olamdan o‘tgan. Ko‘ylakdagi dog‘larda tuberkulez(sil) bakteriyalaridan tashqari oqsil moddalari ham aniqlangan. Tadqiqotchilar so‘zlariga ko‘ra, aynan shu moddalar tromblarning hosil bo‘lishi, qon tomirlarining tiqilishi va miyaga qon quyilishiga sabab bo‘lgan.

O'zA
2 313