O‘zA O`zbek

14.02.2019 Chop etish versiyasi

Chexiyada amerikaliklarning raketa bazalari qurilmaydi. Nega?

Chexiyada amerikaliklarning raketa bazalari qurilmaydi. Nega?

Vashington oʻrta va qisqa masofaga uchiriluvchi raketalarga oid xalqaro kelishuvdan chiqsa, Chexiyada amerikaliklarning raketa bazalari qurilmaydi, deb bayonot berdi Chexiya mudofaa vazirligi matbuot kotibi Yan Peyshek, “Izvestiya”ga intervyusida.

Unga koʻra, Pentagonning Chexiyaga raketa bazalari qurilishi boʻyicha maʼlumotida asos yoʻq. Bu xulosa mudofaa vaziri Lyubomir Metnar fikri notoʻgʻri talqin qilinishidan paydo boʻlgan. “Vazir bunday demagan va bu masala muhokama qilinmaydi”, dedi Peyshek.

832
OʻzA