O‘zA O`zbek

16.04.2019 09:45 Chop etish versiyasi

Chaqiriq bitim shartlariga rioya qilish bilan bog‘liq

Chaqiriq bitim shartlariga rioya qilish bilan bog‘liq

Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif Eron yadro dasturiga oid xalqaro kelishuvga a’zo davlatlarni bitim shartlariga rioya qilishga chaqirdi. 

Twitterdagi sahifasida vazir: “Kelishuvda Eronning uranni boyitishi taqiqlanmaganini eslatib o‘tmoqchiman”, deb yozadi. 

Ma’lumot uchun, AQShning avvalgi Prezidenti Barak Obama 2015 yilda Eron o‘z dasturini harakatdan to‘xtatishi nazarda tutilgan kelishuvga imzo chekkan. 

Prezident Tramp esa 2018 yil bu kelishuvni buzib, Eronga sanksiyalar kiritgan.

O‘zA
402