O‘zA O`zbek

25.03.2020 Chop etish versiyasi

Chad respublikasida jangarilar hujumi oqibatida 92 nafar harbiy qurbon boʻldi

Chad respublikasida jangarilar hujumi oqibatida 92 nafar harbiy qurbon boʻldi

Xabarda taʼkidlanishicha, hujum Chadning gʻarbiy qismida “Boko Xaram” guruhi jangarilari tomonidan uyushtirilgan.

Frans Press axborot agentligining mamlakat prezidenti maʼlumotiga tayanib xabar berishicha, jangarilar hujumi Chad kuli atrofida Niger, Nigeriya va Kamerun davlatlari chegarasida amalga oshirilgan.

“Biz 92 nafar harbiy xizmatchimizni, serjant va zobitlarimizni yoʻqotdik… Bunday koʻp yoʻqotish birinchi bor yuz berishi”, - deya boyonot berdi prezident Idriss Debi Itno.

Nigeriyada “Boko Xaram” radikal islom guruhi jangarilari harakat olib boradi. Ular "Islom davlatining gʻarbiyafrika viloyati”, deb ham tanilgan. Guruh jangarilari butun mamlakatda shariat tartiblari joriy qilinishini talab qilib keladi.

666
OʻzA