O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

11.09.2018 12:23 Chop etish versiyasi

Buyuk Britaniyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi maʼlum qilindi


Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi diplomatik missiyasiga 2015 yil kuzidan buyon rahbarlik qilib kelayotgan hozirgi elchi Kristofer Allan boshqa lavozimga oʻtadi.

Tim Torlot kelgusi yil yozida Buyuk Britaniyaning Oʻzbekistondagi elchisi sifatida faoliyatini boshlaydi. U 2019-yil yozida ishga kirishadi, deya xabar qildi (https://www.gov.uk/government/news/change-of-her-majestys-ambassador-to-uzbekistan-summer-2019) britan TIV.

Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi diplomatik missiyasiga 2015-yil kuzidan buyon rahbarlik qilib kelayotgan hozirgi elchi Kristofer Allan boshqa lavozimga oʻtadi.

61 yoshli Tim Torlot 1981-yildan buyon diplomatik xizmatda faoliyat koʻrsatib kelmoqda. U Buyuk Britaniyaning Ummon, Yangi Zelandiya, Chili, Iroq (elchi oʻrinbosari) va Yaman (elchi) elchixonalarida, shuningdek, TIV tuzilmasida turli lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan.

2016-yildan Forin-ofisning Arabiston yarim oroli va Eron boʻlimida ishlab kelmoqda.

OʻzA