O‘zA O`zbek

24.06.2020 Chop etish versiyasi

Buyuk Britaniyada koronavirus bilan bogʻliq vaziyat boʻyicha kunlik brifinglar oʻtkazish toʻxtatildi

Buyuk Britaniyada koronavirus bilan bogʻliq vaziyat boʻyicha kunlik brifinglar oʻtkazish toʻxtatildi

Buyuk Britaniya hukumati tomonidan koronavirus bilan bogʻliq vaziyat boʻyicha har kungi brifinglar oʻtkazish amaliyoti toʻxtatildi. Bundan buyon favqulodda vaziyatdagina bunday brifinglar tashkil qilinadi.

REGNUM xabariga koʻra, mamlakat hukumati matbuot xizmati shu haqda maʼlum qilib, koronavirus bilan bogʻliq holatlar dam olish kunlaridan tashqari har kuni rasmiy saytda maʼlum qilib turiladi. Mamlakatdagi epidemiologik vaziyat yaxshilangani tufayli shu qarorga kelingan.

Eslatib oʻtamiz, bugungacha Buyuk Britaniyada 307 ming 682 ta kasallikka chalinish holati kuzatilgan.

2 008
OʻzA