O‘zA O`zbek

07.11.2019 Chop etish versiyasi

Buyuk Britaniya mamlakatimizda farmasevtika sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shmoqchi

Buyuk Britaniya mamlakatimizda farmasevtika sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shmoqchi

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariev boshchiligidagi delegatsiya Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning joriy yil 10 apreldagi “2019-2021 yillarda Respublikaning farmasevtika tarmog‘ini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida tashkil etilgan safarda Buyuk Britaniyaning farmasevtika sohasidagi tajribasini o‘rganish, mamlakatimizda mazkur davlat universitetlari filiallarini ochish imkoniyatlarini muhokama qilish va bu borada Qirollik farmasevtika jamiyati rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Agentlik matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, tashrifning birinchi kunida delegatsiya a’zolari De Monfort universiteti vakillari bilan uchrashdi. Unda tomonlar ilmiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha fikr almashdi, qo‘shma sa’y-harakatlar tafsilotlarini muhokama qildi. Uchrashuv yakunida o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolandi.

Unga ko‘ra, xorijiy mutaxassislar farmasevtika sohasida yangi innovatsion texnologiyalarni tadqiq etish va rivojlantirish sohasida hamkorlik qilish niyatlarini bildirdi.

407
O‘zA