O‘zA O`zbek

28.08.2018 11:36 Chop etish versiyasi

Buyuk Britaniya Afrikaga yirik investitsiya olib kirish arafasida

Buyuk Britaniya Afrikaga yirik investitsiya olib kirish arafasida

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey BREXIT boʻyicha bitim loyihasidan soʻng Afrika mamlakatlariga qilgan birinchi tashrifida qitada Britaniya investitsiyasini rivojlantirishga vada berdi.

Bosh vazir Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahrida soʻzlagan nutqida, Afrika uchun sarflanadigan investitsiyadan ikkala tomon ham manfaatdor ekanini, 2020-yilgacha Birlashgan Qirollik Afrikaga investitsiya kiritish boʻyicha Qoʻshma Shtatlardan oʻzib ketishini malum qilgan.

Bosh vazir, shuningdek, Nigeriya va Keniya davlatlarida boʻlib, mamlakat rahbarlari bilan muzokaralar oʻtkazgan.

Teraza Mey Afrika davlatlariga tashrifi doirasida Britaniyaning 2019-yilda Yevropa Ittifoqidan chiqib ketishidan avval, qita mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashni rejalashtirmoqda.

Z.Mirzaboyeva, OʻzA
1 207