O‘zA O`zbek

04.06.2020 Chop etish versiyasi

“Bukri Zaporoj” yangi “Toyota” narxida sotilmoqda


AQSHning Massachusets shtatida “ZAZ-965” rusumli eski, 52 ming kilometr yoʻl bosgan sovet avtomobili sotuvga qoʻyildi. Mashinaning bahosi 18 ming dollar miqdorida belgilangan. Xuddi shu narxga Qoʻshma Shtatlarda ayni payt yap-yangi “Toyota Corolla” toʻplamini xarid qilish mumkin.

Eʼlon muallifi Zaporojni sovetlarning eng arzon mashinasi sifatida taqdim etgan. Aytishlaricha, bu mashina Italiyaning mashhur kam yoqilgʻi sarflaydigan “Fiat 600” avtomobilidan ilhomlanib yaratilgan.

Katta avlod vakillari sobiq SSSR davrida “Zaporojes”ning mazkur modeliga “bukri”, deb nom berilganini yaxshi eslashadi.

AQSHda sovet yengil mashinalarini odatda kolleksionerlar, aksariyat hollarda yangi avtomobil narxida sotib olishadi.

2 035
OʻzA