O‘zA O`zbek

07.11.2019 Chop etish versiyasi

Bugun Tanzaniyada Shimoliy Yevropa va Afrika mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari sammiti boshlanadi

Bugun Tanzaniyada Shimoliy Yevropa va Afrika mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari sammiti boshlanadi
Bugun Tanzaniyaning iqtisodiy poytaxtida Dar-us-Salomda Shimoliy Yevropa va Afrika mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari sammiti boshlanadi, deb xabar beradi Finlyandiya tashqi ishlar vazirligi.

Mazkur formatdagi uchrashuvlar 2001 yildan buyon muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Tanzaniya Prezidenti Jon Magufuli raislik qilishi kutilayotgan sammitda Afrika davlatlarining 27 nafar va Shimoliy Yevropaning besh nafar, ya’ni Shvesiya, Daniya, Finlyandiya, Norvegiya va Islandiya tashqi ishlar vazirlari ishtirok etadi.

375
O‘zA