O‘zA O`zbek

15.04.2019 09:07 Chop etish versiyasi

Bugun qanday kun?

Bugun qanday kun?

15 aprel – Xalqaro madaniyat kuni

1935 yil 15 aprel sanasida “Badiiy va ilmiy muassasalar hamda tarixiy obidalarni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi xalqaro shartnoma qabul qilinganligi munosabati bilan ushbu sana yil taqvimida “Xalqaro madaniyat kuni” sifatida qayd etilgan.

Yil taqvimiga muhrlangan ushbu kun dunyoning barcha davlatlarida turli festival, tadbir, konsert tomoshalari, sayllar koʻrinishida nishonlanadi.

Shuningdek, ushbu sanada Bosniya va Gersegovinada “Armiya kuni”, Bengaliyada “Yangi yil”, Ukrainada “Jinoyat qidiruv idoralari xodimlari kuni”, Koreya Xalq Demokratik Respublikasida “Quyosh” bayrami nishonlanadi.

Tarixning 15 aprel sanasida

1912 yil. Atlantika okeanida harakatlanayotgan afsonaviy “Titanik” kemasining aysbergga urilishi oqibatida yuz bergan halokatda 1496 yoʻlovchi halok boʻldi.

1924 yil. AQSHda dunyodagi birinchi avtomobil yoʻli xaritasi omma eʼtiboriga havola etildi.

1993 yil. Turkmaniston Prezidenti Saparmurot Niyozov turkman tili kirill alifbosidan lotin alifbosiga oʻtganini eʼlon qildi.

1995 yil. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Xalqaro olimpiya qoʻmitasiga aʼzo boʻldi.

2013 yil. AQSHning Boston shahrida oʻtkazilayotgan sport musobaqasida amalga oshirilgan terakt oqibatida 3 kishi halok boʻldi, 280 dan ortiq kishi jarohatlandi.

Z.Mirzaboyeva, OʻzA
644