O‘zA O`zbek

10.09.2018 12:51 Chop etish versiyasi

Bugun Belarus Respublikasi poytaxtida jahon fazogirlarining xalqaro kongressi boshlanadi

Bugun Belarus Respublikasi poytaxtida jahon fazogirlarining xalqaro kongressi boshlanadi

BЕLTAning xabar berishicha, joriy yil 10-sentyabrda Minskda Kosmik parvozlar assotsiatsiyasining 31-xalqaro kongressi oʻz ishini boshlaydi. Tadbirning ochilish marosimi poytaxtning milliy koʻrgazma markazi – “Belekspo”da oʻtkazilib, unda mehmonlar mamlakat tarixi, kosmik tadqiqotlar sohasida erishilgan soʻnggi yutuqlar bilan yaqindan tanishishi mumkin.

Xabarda qayd etilganidek, xalqaro kongressda Rossiya, AQSH, Xitoy, Qozogʻiston kabi dunyoning 17 mamlakatidan 80 dan ziyod fazogirlar ishtirok etishi kutilmoqda. Ularga Belarus Respublikasida ishlab chiqilgan yuqori aniqlikdagi optik-uskunalar, kosmik sohada olib borilgan tadqiqotlar natijalari namoyish etiladi.

Kosmonavtika sohasidagi soʻnggi yutuqlar va tadqiqotlarga bagʻishlangan 31-xalqaro kongress oʻz ishini 15-sentyabrga qadar davom ettirib, tadbir doirasida biznes-sessiyalar oʻtkazish ham rejalashtirilgan.

Maʼlumot oʻrnida, dunyoning koʻplab mamlakatlari fazogirlarini birlashtirgan Kosmik parvozlar assotsiatsiyasi xalqaro notijorat tashkilot boʻlib, unga 1985-yilda asos solingan.

Malohat Husanova, OʻzA
1 230