“Bu qonun ikki davlat munosabatiga salbiy taʼsir qiladi”
Xitoy AQSHda qabul qilingan Tibet bilan bogʻliq qarorga qatʼiy qarshilik bildiradi.
Xitoy AQSHda qabul qilingan Tibet bilan bogʻliq qarorga qatʼiy qarshilik bildiradi.
“Reuters” xabariga koʻra, Xitoy tashqi ishlar mahkamasi rasmiy vakili Xua Chunin shunday bayonot bergan: “Tibet masalasi – Xitoyning ichki ishi, bunda tashqi taʼsirga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Bu qonun ikki davlat munosabatiga salbiy taʼsir qiladi”.
Maʼlumot uchun, Prezident Tramp 19 dekabrda “Tibet bilan oʻzaro erkin munosabat toʻgʻrisida”gi qonunni imzolagan. Unda amerikaliklar Tibetga va tibetliklar AQSHga erkin kelib-ketishi nazarda tutilgan.