O‘zA O`zbek

04.06.2020 Chop etish versiyasi

Bruklinda 3 nafar politsiyachi jabrlandi


Nyu-Yorkning Bruklin tumanida ayni payt komendantlik holati joriy qilingan. Shunga qaramasdan, qiziqqon fuqarolar tomonidan tez-tez tartibsizliklar yuzaga keltirilyapti. Navbatdagi favqulodda hodisa oqibatida ikki nafar politsiyachi yaralandi, biri qoʻlidan jarohat oldi. Bu haqda shahar politsiya mahkamasi maʼlumotiga tayanib, “ABC 7” telekanali xabar tarqatgan.

Politsiya masʼullarining soʻziga qaraganda, voqea chorshanba kuni kechqurun Bruklinning markaziy qismida roʻy bergan. Politsiyaning bir xodimi oʻq otar quroldan, ikkinchisi pichoq zarbidan yaralangan. Har ikki xodim hozir shifoxonada, ularning hayoti xavf ostida emas. Yana bir tartib saqlovchi qoʻlidan jarohat olgan.

Nyu-York shahri hukumati mamlakatda, jumladan poytaxtda davom etayotgan ommaviy tartibsizliklar tufayli komendantlik soati holatini yakshanbaga qadar choʻzgan.

2 299
OʻzA