O‘zA O`zbek

23.06.2020 Chop etish versiyasi

Britaniyaliklar COVID-19 sharoitida bosh vazir Jonson maoshini qisqartirish kerak demoqda

Britaniyaliklar COVID-19 sharoitida bosh vazir Jonson maoshini qisqartirish kerak demoqda
Yaqinda London meri Sodiq Xon koronavirus tufayli shahar byudjeti ancha ziyon koʻrganini aytib, maoshini qisqartirishi haqida eʼlon qilgan edi. 

Britaniyaliklarning toʻrtdan uch qismi London meri ortidan bosh vazir va hukumatning boshqa aʼzolari ham millionlab ishchilarga birdamlik ramzi sifatida maoshlarini qisqartirishi lozim, deb hisoblamoqda. Daily Mail nashri buyurtmasi bilan amalga oshirilgan soʻrov natijalari shunday natijani koʻrsatdi.

Siyosatchilar maoshini qisqartirishi kerakmi, degan savolga soʻrovda ishtirok etgan respondentlarning 75 foizi “ha” deb javob bergan.

London meri Sodiq Xon oʻzining maoshini 10 foizga qisqartirishi va hokimiyatdagi rahbarlik lavozimda ishlayotgan xodimlarning maoshini oshirishni toʻxtatgani haqda eʼlon qilgandi. Oʻshanda bu harakatlar shahar byudjetidagi xarajatlarni tejash maqsadida qilinayotgani aytilgandi.

1 901
OʻzA