O‘zA O`zbek

15.04.2019 16:00 Chop etish versiyasi

Britaniya atom suv osti kemasi harbiylari xizmatdan chetlashtirildi

Britaniya atom suv osti kemasi harbiylari xizmatdan chetlashtirildi

Britaniyaning HMS Talent suv osti kemasining yetti nafar harbiy xizmatchisi kokain iste’mol qilgani uchun operatsiyadan chetlashtirildi.

Britaniya harbiylari Shimoliy dengizda Rossiya suv osti kemalarini kuzatish bo‘yicha operatsiya o‘tkazishni rejalashtirishgan. 

RIA Novostining bu haqidagi xabarida ta’kidlanishicha, suv osti kemasi Devonportga kelganda, kema ekipajlari kechki bazmdan so‘ng narkotiklarga qarshi testdan o‘ta olishmadi.

Sinov natijalari harbiy politsiyaga yuborildi. Shundan keyin HMS Talent kemasi portdan chiqishi qoldirildi.

Daily Mail nashri yozishicha, bu atom suv kemasiga to‘laqonli ekipaj zarur.

HMS Talent (S 92) atom suv kemasi – Buyuk Britaniya Trafalgar yettita suv osti kemasi toifasiga kiruvchi oltinchi kema hisoblanadi. 1990 yilda suv osti kemasidan foydalanish boshlangan. Kemada Tomahawk qanotli raketalarini olib yurish mo‘ljallangan.

Britaniya flotida bu kabi mojaro 2017 yilda ham kuzatilgan. O‘sha vaqtda HMS Vigilant atom suv osti kemasida narkotik moddalarni is’temol qilgan to‘qqiz nafar harbiy xizmatdan bo‘shatilgan.

O‘zA
447