O‘zA O`zbek

10.10.2018 Chop etish versiyasi

Breхit qachon amalga oshiriladi?

Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqishi bilan bogʻliq jarayonni “yaqin haftalarda” yakuniga yetkazishni rejalashtirgan. Metro xabariga koʻra, bu haqda Breхit masalalari boʻyicha vazir Dominik Raab parlamentda maʼlum qilgan. 

Raabning taʼkidlashicha, mazkur jarayon davomida mamlakatning “konstitutsion yaxlitligi” ham himoya qilinadi. “Men shu kuzdayoq bu kelishuvlarni amalga oshishiga ishonaman. Shuni ham aytishim joizki, Buyuk Britaniya Yevroittifoqdan hech qanday kelishuvlarsiz ham chiqishi mumkin”, deydi vazir.

1 641
Faxriddin Sodiq, OʻzA