O‘zA O`zbek

22.05.2020 Chop etish versiyasi

Braziliyada soʻnggi bir kunda 1 ming 200 ga yaqin kishi koronavirusdan vafot etdi

Braziliyada soʻnggi bir kunda 1 ming 200 ga yaqin kishi koronavirusdan vafot etdi

Braziliyada koronavirus paydo boʻlgandan buyon hozirgacha vafot etganlar soni 20 mingdan oshdi. Oʻtgan kuni mamlakatda qurbonlar soni rekord darajada qayd etildi. Jami bemorlar soni 310 ming kishidan oshgan, deb maʼlum qildi mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi.

Bir kun oldin koronavirusga chalinganlar 291 ming 579 kishiga yetgani haqda xabar tarqatilgan edi, hozir bu raqam 310 ming 87 kishini tashkil etmoqda.

Shunga qaramay, koronavirus eng koʻp tarqalgan Rio-de-Janeyro shahrida joriy qilingan cheklov choralarini yaqin kunlarda bekor qilishga tayyorgarlik koʻrilmoqda. Bu haqda megapolis meri Marselo Krivella maʼlum qildi.

“Umid qilamizki, yaqin kunlarda biz baʼzi narsalarni bekor qilamiz“, — dedi shahar meri Globo gazetasiga intervyu bera turib.

Krivellaning qoʻshimcha qilishicha, shaharda cheklovlarning bekor qilinishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

1 136
OʻzA