O‘zA O`zbek

14.04.2019 10:28 Chop etish versiyasi

Braziliyada bino qulashi oqibatida halok boʻlganlarning soni yetti nafarga yetdi

Braziliyada bino qulashi oqibatida halok boʻlganlarning soni yetti nafarga yetdi

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi tumanlarning birida noqonuniy qurilgan ikkita binoning qulashi oqibatida kamida yetti kishi qurbon boʻldi, 17 kishining esa taqdiri nomaʼlum, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

100 nafarga yaqin qutqaruvchilar fojia yuz bergan hududda faoliyat olib borishmoqda. Bino qulashiga nima sabab boʻlgani hali aniqlangani yoʻq, ammo ular joylashgan tuman kuchli yomgʻirdan eng koʻp zarar koʻrgan hududlaridan biri deb hisoblanmoqda.

Rioda kuchli yogʻingarchiliklar haftaning ilk kunlarida boshlangan edi. Yomgʻirlar sabab qurbon boʻlganlar soni 10 kishini tashkil etmoqda.

OʻzA
666