O‘zA O`zbek

16.04.2019 11:16 Chop etish versiyasi

Braziliya Janubiy Amerika Millatlari Ittifoqini tark etadi

Braziliya Janubiy Amerika Millatlari Ittifoqini tark etadi

Braziliya Janubiy Amerika Millatlari Ittifoqini (JAMI) tark etishini ma’lum qildi. Bu haqda Braziliya Tashqi ishlar vazirligi saytida xabar berilgan, deb yozmoqda TASS. 

”Braziliya hukumati 15 aprel kuni Ittifoqdan chiqish bo‘yicha jarayonlarni tugatib, Janubiy Amerika Millatlari Ittifoqi ta’sis shartnomasini bekor qildi. Bu haqda shartnoma nazoratchisi bo‘lgan Ekvador hukumatiga bildirish xati kiritilgan. Qaror ma’qullangach olti oydan keyin kuchga kiradi”, deyiladi xabarda. 

Ilgari Kolumbiya, Ekvador, Paragvay, Peru va Argentina ham Ittifoqdan chiqishi haqida ma’lum qilgan edi. Chili tashkilotdagi faoliyatini to‘xtatgan. 2008 yilda Janubiy Amerika davlatlarining siyosiy va iqtisodiy birlashmasi sifatida tashkil topgan Ittifoq tarkibida bugunga kelib Boliviya, Venesuela, Urugvay, Surinam va Gayana davlatlari qoldi.

Mart oyida Argentina, Braziliya, Kolumbiya, Paragvay, Peru, Chili va Ekvador Prezidentlari yangi hududiy blok — Janubiy Amerikani rivojlantirish Forumini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. 

O‘zA
389