O‘zA O`zbek

09.09.2019 Chop etish versiyasi

Boyqo‘ng‘irda raketa uchiriladigan Rossiya fazoviy majmuasiga Nazarboev nomi berildi

Boyqo‘ng‘irda raketa uchiriladigan Rossiya fazoviy majmuasiga Nazarboev nomi berildi

Boyqo‘ng‘irda qurilayotgan o‘rta va yarim og‘ir toifali “Soyuz-6“ va “Soyuz-5“ eltuvchi raketalar uchiriladigan Rossiya raketa-fazoviy majmuasi Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursultan Nazarboev sharafiga “Nazarbaevskiy start“ deya ataladigan bo‘ldi.

Bu haqdagi xabar Rossiyaning “Roskosmos” saytida paydo bo‘ldi.

Boyqo‘ng‘irda majmua qurilishi borasidagi Kelishuv 2018 yilda imzolangan edi.  Avval u “Bayterek“ deb nomlangandi. Biroq o‘tgan hafta Moskvada Nazarboev va RF prezidenti Vladimir Putin uchrashib, siyosatchilar birgalikda Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasining “Qozog‘iston” paviloniga tashrif buyurishganlarida RF prezidenti majmuaning nomini o‘zgartirish taklifini ilgari surdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra “Nazarboev“dan ilk raketa 2022 yilda uchiriladi.

398
O‘zA