O‘zA O`zbek

13.04.2020 Chop etish versiyasi

Bosqinchilar Latakiya provinsiyasida aholini oʻqqa tutdi

Bosqinchilar Latakiya provinsiyasida aholini oʻqqa tutdi

Suriyaning Latakiya provinsiyasiga qarashli aholi turar-joy manzili “An-Nusra“ terrorchilik tashkiloti joylashgan nuqtadan oʻqqa tutilgani qayd etilmoqda. Jangarilar Turkiya nazorati ostidagi Idlib hududidan turib oʻt ochishgani esa soʻnggi kunlarda kuzatilmadi. Bu haqda Rossiyaning Suriya Arab Respublikasidagi Yovlashgan tomonlarni yarashtirish markazi rahbari kontr-admiral Oleg Juravlyov brifing davomida maʼlum qilgan.

Rossiya-Turkiya kelishuvlariga muvofiq, joriy yil 6-mart soat 00.01dan boshlab Idlib hududida oʻt ochishni toʻxtatish tartibi oʻrnatilgan.

“Oʻtgan bir necha kecha-kunduz mobaynida Turkiya nazorati ostidagi hududlardan noqonuniy qurolli guruhlar tomonidan oʻqqa tutish holatlari roʻy bermagan. Shu bilan birga Latakiya provinsiyasidagi Kuljok-Penar aholi punktiga qarata “Jebhat an-Nusra“ terrorchilik tashkiloti aʼzolari birgina oʻq uzishgani kuzatilgan“, — dedi kontr-admiral.

Uning taʼkidlashicha, Rossiya harbiy politsiyasi Aleppo va Xasekeni qoʻriqlashda davom etyapti, havo hududi ham nazoratda. Bundan tashqari Rossiya yarashtirish markazi va Turkiya tomoni oʻrtasida tezkor hamkorlikni taʼminlash maqsadida maxsus uzluksiz aloqa kanali ham ishlab turibdi.

1 172
OʻzA