O‘zA O`zbek

03.10.2018 Chop etish versiyasi

“Bosh vazirning muhojirlar masalasidagi qarori notoʻgʻri”

“Bosh vazirning muhojirlar masalasidagi qarori notoʻgʻri”

Tereza Meyning Brexitdan keyingi muhojirlar masalasi boʻyicha taklifi mamlakatni tanazzulga duchor qiladi, deb fikr bildirdi Britaniya sanoat korxonalari konfederatsiyasi bosh direktori Kerolayn Feyrbayrn.

Avvalroq, Mey Brexitdan keyin Yevropa Ittifoqi davlatlari muhojirlari hech qanday imtiyozga ega boʻlmasligini aytib, qayerdanligidan qatʼiy nazar malakali mutaxassislar mamlakatda ish topa olishini maʼlum qilgandi.

“Bosh vazirning muhojirlar masalasidagi qarori notoʻgʻri boʻldi. Britaniya iqtisodi uchun kam malakali mutaxassislarning zaruratini inkor qilish bilan hukumat bugungi va kelajakdagi biznes va odatiy hayotning kundalik meʼyorlariga nisbatan zarba berilishi ehtimolini paydo qiladi”, deydi Feyrbayrn. Uningcha, natijada qurilish, xizmat koʻrsatish va ijtimoiy yordam jabhalarida ishchi kuchi yetishmasligi bilan bogʻliq katta xavf vujudga keladi.

1 704
OʻzA