O‘zA O`zbek

13.04.2020 Chop etish versiyasi

Boris Jonson: Taʼrifga soʻz yoʻq!

Boris Jonson: Taʼrifga soʻz yoʻq!

COVID-19 bilan kurashda yengib chiqqan Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson shifoxonadan chiqqach, oʻzining ilk video murojaatini yoʻlladi.

U oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida hayotini saqlab qolishda ishtirok etgan barcha tibbiy xodimlarga cheksiz minnatdorlik bildirdi.

“Men ikki haftalik muolajalardan soʻng, nihoyat shifoxonani tark etdim. Shu davr mobaynida Milliy sogʻliqni saqlash xizmati, hech shubhasiz, mening hayotimni saqlab qolishdi. Ularga minnatdorlik bildirish uchun munosib soʻz topolmayapman“, – dedi Jonson.

Bosh vazir shu kunlarda tibbiyot xodimlariga qanchalik qiyin ekanligini oʻz koʻzlari bilan koʻrgan. Shuningdek, u hozirgi murakkab sharoitda ijtimoiy masofani saqlab, cheksiz chidam va matonat koʻrsatayotgan barchaga tashakkur izhor etgan.

Jonsonning homilador qalligʻi Kerri Saymonds ham ijtimoiy tarmoqda pandemiya haqida bir-ikki ogʻiz soʻz aytib, sogʻliqni saqlash tizimi, jumladan sevgilisi davolanib chiqqan “St. Thomas Hospital” xodimlari shaʼniga juda iliq fikrlarni bildirgan.

1 284
OʻzA