O‘zA O`zbek

19.09.2020 Chop etish versiyasi

Boris Jonson: Britaniyada yana karantin joriy qilinishi mumkin

Boris Jonson: Britaniyada yana karantin joriy qilinishi mumkin

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson mamlakatda koronavirus tarqalishining ikkinchi toʻlqini boshlanayotganini tan oldi va juda qattiq karantin choralari joriy qilinishi mumkinligidan ogohlantirdi.

"Hozir biz ikkinchi toʻlqinni kuzatyapmiz, - dedi Jonson jurnalistlarga.

Angliyada 14-sentyabrda “oltitalik tartib”, yaʼni olti kishidan ortiq toʻplanishga taqiq eʼlon qilindi.

“Hozirgi holatga qarab shu narsa maʼlum boʻlyaptiki, biz har qanday variantni koʻrib chiqishimiz zarur”, dedi Boris Jonson.

Oʻtgan kuni Buyuk Britaniyada koronavirusga chalinganlar soni 4 ming kishidan oshib ketdi, pandemiya boshlangandan beri 27 kishi qurbon boʻldi.

Ayrim maʼlumotlarga koʻra, hukumatga oktyabr oyida ikki haftalik karantin joriy etish tavsiya qilinmoqda.

2 831
O'zA