O‘zA O`zbek

24.07.2020 Chop etish versiyasi

Boliviyada koronavirus tufayli prezident saylovi boshqa kunga qoldirildi

Boliviyada koronavirus tufayli prezident saylovi boshqa kunga qoldirildi

Boliviyada 6-sentyabrga moʻljallangan prezident saylovi 18-oktyabrga koʻchirildi, deb yozadi Pagina Siete gazetasi Oliy saylov sudi rahbari Salvador Romeroning soʻzlariga tayanib.

“Oliy saylov sudi prezident saylovi oʻtadigan kunni 2020-yil 18-oktyabrga belgiladi, saylovning ikkinchi turi 29-noyabrda boʻladi”, - dedi sud rahbari.

Saylovdan keyin yangi hukumat oʻz faoliyatini dekabrda boshlaydi.

Boliviyada hozirgacha 64 ming 135 kishi koronavirusga chalingan, 2 ming 328 bemor vafot etdi.

1 592
OʻzA