O‘zA O`zbek

14.02.2019 09:26:26 Chop etish versiyasi

Boliviyada jala yogʻishi natijasida 20 kishi hayotdan koʻz yumdi


Boliviyada davomli jala yogʻishi natijasida sodir boʻlgan suv toshqinlari oqibatida 20 kishi hayotdan koʻz yumdi, deyiladi hukumat tarqatgan maʼlumotlarga tayanib berilgan TeleSur xabarida.

Fuqarolik muhofazasi departamenti maʼlumotiga qaraganda, tabiiy ofat vaqtida 12 nafar odam bedarak ketgan. Daryoning oʻzanidan toshib ketishi natijasida 4436 oila zarar koʻrgan. La-Pas, Kochabamba va Beni hududlarida qizil darajali xavf-xatar saqlanib turibdi.