O‘zA O`zbek

26.08.2018 13:04 Chop etish versiyasi

Bolgariyada sayyohlik avtobusi halokatga uchradi: qurbonlar bor

Bolgariyada sayyohlik avtobusi halokatga uchradi: qurbonlar bor Bolgariyadagi ushbu halokat shanba kuni sodir boʻldi. Baxtsiz hodisa tufayli 16 kishi halok boʻldi, 5 kishi ogʻir jarohatlangan, Bolgariya ichki ishlar vaziri Valentin Radevning maʻlumotiga tayangan holda Tass xabar beradi.

“Voqea qay tarzda roʻy bergani hali toʻliq oʻrganilmadi”, – deydi ichki ishlar vazirligi rahbari. Bolgariya Sogʻliqni saqlash vaziri Kiril Ananiyev 13 kishi voqea joyida, ikki kishi sal oʻtib halok boʻlganini aytmoqda. Ular orasida qariya va bolalar ham boʻlgan. Svetovrachena qishlogʻidan ketayotgan avtobus, Svoge yaqinidagi Iskar dahasidagi 20 metr balandlikdan pastga qulaydi. Voqea mahalliy vaqt bilan 17:00 da yuz bergan. Halokat sodir boʻlganda avtobusda 30 kishi bor edi. Avtobus haydovchisi va sayyohlar shoshilinch tarzda oʻrinlaridan evakuatsiya qilindi, biroq avtobus yonib ketgan.

D.Mamatova, OʻzA
2 420