O‘zA O`zbek

22.05.2020 Chop etish versiyasi

BMTning 500 dan ziyod xodimi koronavirus yuqtirgan

BMTning 500 dan ziyod xodimi koronavirus yuqtirgan

Ularning 50 tasi Jenevada qayd qilingan, dedi BMTning Jeneva ofisi bosh direktori Tatyana Valovaya brifingda soʻzga chiqib.

“Dunyo boʻyicha 500 dan ziyod xodimimiz, Jenevada 50 nafari koronavirusga chalingan. Kasallanganlarning ahvoli oʻrtacha, afsuski, qator tashkilotlarimizda qurbonlar ham bor. Ammo, xodimlarimizni himoyalash uchun zarur boʻlgan barcha choralar koʻrilyapti”, - dedi Valovaya.

Uning qoʻshimcha qilishicha, Millatlar saroyi xodimlarni iyundan boshlab qaytadan qabul qila boshlaydi. Bunda xavfsizlik, ehtiyotkorlik, jumladan, jismoniy masofani saqlash va gigiyenaga amal qilish choralari koʻriladi.

1 632
OʻzA